Fargʻonada ekskavator yonib ketdi
Foto: Fargʻona viloyati FVB
Fargʻona viloyati Margʻilon shahri Margʻiloniy koʻchasida ekskavatorda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 23-dekabr kuni soat 17:18 da Margʻilon shahri “Goʻravol” MFY B.Margʻiloniy koʻchasida harakatlanib ketayotgan sariq rangli “Hundai” rusumli maxsus texnika (ekskavator)da yongʻin roʻy bergani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 17:19 da hodisa joyiga yetib borib, 2 daqiqa ichida alangani bartaraf qilgan. Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida maxsus texnikaning motor va salon qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring