Fargʻonada 9,7 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” fosh qilindi

Fargʻona viloyatida 9,7 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Soʻx tumanida “Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tumandagi “G. O. O.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida xatlov oʻtkazilganda, gaz hisoblash uskunasiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa uzilgani aniqlangan. Mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirilgan va 9 milliard 757 million soʻm zarar hisoblangan.
Hozirda ushbu holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring