Fargʻonada 6 nafar fuqaroning avtokreditini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto
Fargʻona viloyatida 6 nafar fuqaro nomiga avtomobil xarid qilib oʻzlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, A.S. ismli shaxs 6 nafar fuqaroni toʻlovlarini oʻzi toʻlab yurishiga ishontirib, tijorat banki filialidan avtokredit ajratilishiga erishgan.
Shundan soʻng, jami 1,2 mlrd soʻm kredit mablagʻlari hisobiga sotib olingan 8 ta avtotransport vositasini boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarini oʻzlashtirgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring