Fargʻonada 1,8 milliard soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi (+video)

Fargʻona viloyatida 1,8 milliard soʻmlik tabiiy gaz noqonuniy isteʼmoli fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Quva tumani “Taxtakoʻprik” MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish maskani gaz taʼminoti korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani fosh qilingan.
Shundan soʻng holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirilgan va 1 milliard 144 million soʻm miqdorida zarar hisoblangan.
Shu kabi yana bir qonunbuzilish holati Fargʻona tumanida ham qayd etilgan.
Unga koʻra, “Tinchlik” MFYdagi novvoyxona egasi tabiiy gazdan loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa ulangan holda foydalanayotgani aniqlangan. Mazkur holat boʻyicha 733 million 428 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Hozirda mazkur holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring