FAO Oʻzbekistondagi oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalarini mustahkamlash uchun zamonaviy laboratoriya jihozlarini topshirdi

Foto: «Xalq soʻzi»
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) “Markaziy Osiyoda “Yagona salomatlik” yondashuvi orqali pandemiyaga tayyorgarlik va javob choralari” loyihasi doirasida, Pandemiya jamgʻarmasi va Jahon banki hamkorligida, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va sarf materiallari toʻplamini topshirdi.
Umumiy qiymati 117 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan jihozlar oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalarining imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi va ular zamonaviy analitik uskunalar, aniq oʻlchov asboblari hamda hayvonlar va oziq-ovqat mahsulotlarida infeksion kasalliklarni saqlash, aniqlash va monitoring qilish uchun zarur sarflanadigan materiallarni oʻz ichiga oladi.

Rasmiy topshirish marosimi FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasida boʻlib oʻtdi. Unda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, Pandemiya jamgʻarmasi va Jahon banki hamkorlari ishtirok etdi.
Ushbu tashabbus mamlakatning veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi infratuzilmasini yaxshilash yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻlib, jamoat salomatligiga mumkin boʻlgan tahdidlarning oldini olishga hissa qoʻshadi.
“Laboratoriya imkoniyatlarini mustahkamlash — “Yagona salomatlik” yondashuvining muhim qismi hisoblanadi. Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining xavfsizligini oshirish va kasalliklarni kuzatuv tizimini kuchaytirishga intilamiz”, — dedi Sherzod Umarov, FAOning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari.
FAO Oʻzbekistonda milliy veterinariya va sanitariya xizmatlarini rivojlantirishga infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash va texnik yordam koʻrsatish orqali hissa qoʻshishda davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring