FAO yerdan foydalanish masalalari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni Oʻzbekistonda joriy etadi
Foto: “Xalq soʻzi”
2023-yilning 18-oktabr kuni Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) “Oʻzbekiston togʻ va vodiy oʻrmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Oʻzbekistonda “Milliy oziq-ovqat xavfsizligi sharoitida yer, baliqchilik va oʻrmonlarga egalik qilishni masʼuliyatli boshqarish boʻyicha ixtiyoriy koʻrsatmalarni qoʻllash” masalalariga bagʻishlangan trening tashkil etildi.
Treningni FAOning yerga egalik qilish boʻyicha xalqaro maslahatchisi Bredli Paterson olib bordi. Ishtirokchilarning asosiy qismi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi mutaxassislari, “Uzgiprozem” davlat ilmiy-loyiha instituti, “Oʻrmonloyiha” loyihalash institutining mutaxassislari hamda davlat oʻrmon xoʻjaligi tarmoqlarining vakillaridan iborat boʻldi.
2023-yilning 19-oktabrda Namangan viloyatining Pop tumanida mahalliy aholi, fermerlar va oʻrmon xoʻjaligi xodimlari uchun treninglar oʻtkaziladi.
Trening davomida, yuqorida qayd etilgan yoʻriqnomalarning resurslarga egalik qilish tizimlari va uni tartibga solish masalalarini hal qiluvchi keng qamrovli global huquqiy hujjat ekanligi taʼkidlab oʻtildi. Unda baliqchilik, oʻrmon va yerdan masʼuliyatli foydalanishda xalqaro miqyosda tan olingan standartlar hamda ularni nazorat qilish tamoyillari belgilab berilgan.
2012-yilda Jahon oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi Milliy oziq-ovqat xavfsizligi sharoitida yer, baliqchilik va oʻrmon xoʻjaligini masʼuliyatli boshqarish boʻyicha ixtiyoriy yoʻriqnomani tasdiqladi. Ushbu yoʻriqnoma tabiiy resurslarni kompleks boshqarishni taʼminlovchi birinchi xalqaro hujjat edi. Undagi prinsiplar yetarli oziq-ovqatga boʻlgan huquqni izchil amalga oshirishga, qashshoqlikni tugatishga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashishga qaratilgan.
Oʻtkazilgan trening global huquqiy hujjat haqidagi tushunchamizni yaxshilash, shuningdek, Oʻzbekistonning togʻ va vodiy oʻrmonlarini barqaror boshqarish boʻyicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Shuningdek, trening davomida Oʻzbekistonda yerga egalik qilish tizimining oʻziga xos jihatlari muhokama qilindi hamda Global Ekologik Jamgʻarmasi (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan FAOning “Oʻzbekiston togʻ va vodiy oʻrmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi haqida umumiy maʼlumot berib oʻtildi.
Eslatib oʻtamiz, loyihani amalga oshirish jarayonida Sirdaryo, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi oʻrmon xoʻjaliklarida oʻrmonlarni barqaror boshqarish, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish, oʻrmon daraxtlarining mahsuldorligi va ularning ekologik funksiyasini saqlash tamoyillarini joriy etish boʻyicha ham qator tadbirlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish davomida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, oʻrmonlarni barqaror boshqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda oʻrmon xoʻjaligida gender tengligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring