Fan olimpiadasi gʻolibi avtomobil sovrindori boʻldi

11:16 07 Oktyabr 2025 Jamiyat
100 0

Qorakoʻl tuman ixtisoslashgan maktab-internati oʻquvchilarining turli darajadagi fan olimpiadalarida gʻoliblar safidan oʻrin olishi allaqachon anʼanaga aylanib ulgurdi. Bu galgi muvaffaqiyat esa yanada havas qilarli.

Gap shundaki, maktab-internatning 10-sinf oʻquvchisi Muhammadali Rasulov matematika fani boʻyicha oʻtkazilgan IRN olimpiadasida 1-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Gʻolibga “Neksiya – 3” rusumli avtomobil sovrin tariqasida berildi.

— Iqtidorli, salohiyatli, intiluvchan oʻquvchilar ham, ularning kechani kecha, kunduzni kunduz demay oʻz ustida ishlab, shogirdlari iqbolini koʻrishga ishtiyoqmand ustozlari ham yurtimiz, millatimiz boyligi, — deydi mazkur bilim dargohi direktori T. Roʻziyev. — Muhammadalining yutugʻi munosabati bilan tuman hokimi, olimpiada tashkilotchilari, pedagog va oʻquvchilar ishtirokida oʻtkazilgan taqdirlash marosimida ana shu alohida taʼkidlandi. Mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida soʻz bordi.

Tadbirda ushbu nufuzli olimpiadada faol qatnashib, 2- va 3- oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarga sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Muhammadalining ustozi va maktab-internat rahbari 10 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Istam IBROHIMOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер