Yevropaliklar – kelib, hududingizni himoya qiling — Tramp
Donald Tramp Fors koʻrfazi va NATOdan Hoʻrmuz boʻgʻozini ochishda yordam berishni talab qildi.
“Men ushbu mamlakatlardan bu yerga kelib, oʻz hududlarini himoya qilishni talab qilaman, chunki bu ularning hududlari. Ular bizga yordam berishi kerak. Aslida bu yerda biz boʻlishimizning keragi yoʻq, chunki bunga muhtoj emasmiz, birinchi raqamli neft ishlab chiqaruvchimiz”, — degan Tramp.
Prezidentning aytishicha, agar ittifoqdagilar yordamga kelmasa, NATOni juda yomon kelajak kutmoqda.
“Biz har doim NATOga yordam berishga tayyormiz. Biz ularga Ukraina borasida yordam beramiz, oʻrtamizda okean bor, bizga taalluqli joyi yoʻq shunday boʻlsa-da ularni qoʻlladik. Boʻgʻozni ochiq ushlab turishday kichik bir ishda qaysi davlatlar bizga yordam bermasligini koʻrish qiziq”, — degan Oq uy rahbari.
Shuningdek, AQSH rahbari Buyuk Britaniyani yordam chaqirigʻiga javob berishga shoshilmay, kemalarini boʻgʻozga yoʻnaltirmaganini tanqid qilgan.
Shuningdek, u Pekin ham Hoʻrmuz boʻgʻozida xavfsizlikni taʼminlashda ishtirok etishi kerakligini taʼkidlamoqda, chunki Xitoy va Yevropaning AQSHga qaraganda koʻproq neft yetkazib berishiga bogʻliq. Maʼlumotlarga koʻra, The Wall Street Journal Oq uy shu hafta Hoʻrmuzda kemalarni himoya qilish uchun xalqaro koalitsiya tuzilganligini eʼlon qilmoqchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring