Yevropada yangi mashinalarning sotuvi keskin kamaydi

Sentabr oyida Yevropada yengil avtomobillar savdosi sezilarli darajada kamaydi. Bu bir qancha yirik zavodlarda ishlab chiqarishni vaqtincha toʻxtatishga sabab boʻldi.
ACEA deb nomlanuvchi Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan oyda yangi mashinalarga boʻlgan talab 718 598 donaga tushib ketgan.
Oʻtgan yilning sentyabriga nisbatan yangi roʻyxatdan oʻtgan avtomobillar soni 23,1 foizga kamaydi. Yevropa avtomobil bozorining salbiy dinamikasi ketma-ket uchinchi oyda ham qayd etildi.
Mutaxassislarning fikricha, Italiyada savdo deyarli uchdan bir qismga kamaydi. Germaniyada ular 25% dan oshdi, Fransiyada 20,5%, Ispaniyada 15,7% qayd etilgan. Avtomobil bozorining pasayishiga, birinchi navbatda, yarimoʻtkazgichlar va ehtiyot qismlarining global tanqisligi sabab boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring