Yevropa Ittifoqi 2035-yilga kelib benzinli avtomobillarni taqiqlash rejasidan voz kechdi
Yevropa Ittifoqi ichki yonuv dvigatelli transport vositalarini butunlay taqiqlash rejasidan voz kechdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bryusselda oʻtkazilgan muzokaralardan soʻng, 2035-yilga kelib CO₂ chiqindilarini 100 foiz kamaytirish talabini bekor qilishga qaror qilingan. Buning oʻrniga, avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga CO₂ chiqindilarini 90 foizgacha kamaytirish imkoniyatini beruvchi qurilmalar bilan jihozlash maqsadga muvofiqligi taʼkidlangan.
Bundan kelib chiqadiki, benzin va dizel transport vositalari cheklangan miqdorda boʻlsa ham, Yevropa Ittifoqi bozoriga kirishda davom etishlari mumkin boʻladi.
Shuningdek, Yevropa xalq partiyasi rahbari Manfred Veber 2040-yildan keyin ham Yevropa Ittifoqida yangi ichki yonuv dvigatelli transport vositalarini ishlab chiqarish butunlay taqiqlanmasligini tasdiqlagan.
Weberning soʻzlariga koʻra, ushbu qaror Germaniyada hozirda ishlab chiqarilayotgan barcha dvigatel turlarini ishlab chiqarishni davom ettirishga imkon beradi. 2035-yildan keyin ham yangi, ham ishlatilgan ichki yonuv dvigatelli transport vositalarini sotib olish mumkin boʻladi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Germaniya fuqarolarining 63 foizi benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillarga 2035-yildan keyin ham ruxsat berilishi kerak deb hisoblaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring