“Euronews” telekanali Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi toʻgʻrisida videorolikni namoyish etmoqda

Foto: Illustrativ foto
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi “BAT Uzbekistan” QK bilan hamkorlikda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining maslahat koʻmagida “Euronews” telekanalida soʻnggi yillarda mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini va biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni keng yoritish maqsadida PR-kampaniyasini yoʻlga qoʻydi.
Efirga uzatilayotgan rolikda bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonning boy tarixi, sanoat va ishlab chiqarishining yuksak darajasi, turizm salohiyati, bagʻrikeng xalqi va betakror tabiati ochib berilgan.
Dunyoning yetakchi telekanallaridan birining imkoniyatlaridan foydalangan holda olib borilayotgan imij kampaniyasidan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga kengroq tanishtirish, investorlar eʼtiborini jalb qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring