Eʼtiborsiz haydovchilar tufayli minglab xonadonlar gazsiz qolyaptimi?
Ayrim haydovchilarning eʼtiborsizligi yoki yoʻl belgilariga rioya qilmasligi ortidan minglab xonadonlar gazsiz qolmoqda.
“Hududgaz Toshkent” Gaz taʼminoti filialining maʼlumotlariga koʻra, birgina 25-iyul kuni ikki holatda avtotransport haydovchilarining gaz quvuriga shikast yetkazganligi sababli 1145 ta aholi xonadoniga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatilgan.
Ushbu holatlarning biri “Bogʻbon” MFY Mustaqillik koʻchasidagi oʻrta bosimli gaz quvurni avtotransport haydovchisi tomonidan shikast yetkazilganligi sababli kelib chiqqan. Bunda soat 13:30 dan taʼmirlash ishlari yakunlangunga qadar 200 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi.

Tasvirlardan koʻrish mumkin-ki, yoʻl ustidan oʻtgan gaz quvuriga katta hajmli mashinada zarar yetkazilgan. Odatda bu kabi quvurlar oʻtgan koʻchalarda ruxsat etilgan balandlikni koʻrsatuvchi yoʻl belgilari oʻrnatiladi, ayrim haydovchilar esa bunga eʼtiborsizlik qilishi ortidan shu kabi vaziyatlar yuzaga keladi.
Ikkinchi holatda esa “Xarakat” MFY Oʻzgarish, Navoiy, Sharafshon, Ibin Sino, Olmazor koʻchalarini tabiiy gaz bilan taʼminlab turuvchi oʻrta bosimli gaz quvuriga avtotransport haydovchisi tomonidan shikast yetkazilgan.
Buning natijasida esa, soat 19:30 dan taʼmirlash ishlari yakunlangunga qadar 945 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun esa gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring