Ertaga Toshkent viloyatidagi ayrim koʻchalarda transport harakati cheklanadi

1-sentyabr kuni poytaxtdagi ayrim koʻchalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 1-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida bayram tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli quyidagi koʻchalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatiladi:
- Maxtumquli – Ohangaron shoh koʻchasidan, Yangi Oʻzbekiston – 4P12 yoʻli kesishgan chorrahasigacha;
- Choʻlpon koʻchasi boʻylab, Yangi Oʻzbekiston – Milliy bogʻ koʻchalari kesishgan chorrahasigacha,
- Yangi Oʻzbekiston – Temirchi koʻchalari kesishmasigacha boʻlgan qismida soat 17:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring