Eron urushi qanday tugaydi?

10:34 13 Mart 2026 Dunyo
230 0

“Urush deyarli tugadi”, — dedi Tramp. Bu soʻzlar ortida nima yashiringan? BILDning AQSHdagi muxbiri Gerbert Bauernebel tushuntiradi.

Eronda “Epik gʻazab” operatsiyasi boshlanganidan 11 kun oʻtgach Donald Tramp CBS News telekanaliga bergan intervyusida Eron bilan boʻlayotgan urush deyarli tugaganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, urush kutilganidan ancha oldinda. Gʻalaba sifatida aytilayotgan natija ortida bir savol bor. Tramp nimaga erishdi?

Eron harbiy-dengiz kuchlari choʻktirildi, havo kuchlari ishdan chiqdi va Oyatulloh Ali Xomanaiy vafot etdi. Bu katta natija, aksariyat mutaxassislar oʻylagandan koʻra tezroq erishilgan bularga. Ammo asosiy maqsadga, yaʼni rejimning taslim boʻlishiga erishib boʻlmaydi. Xomanaiy oʻrniga uning oʻgʻli keldi va otasidan koʻra qattiqroq siyosat yuritishi mumkin endi.

Xavfsizlik boʻyicha ekspert, Niko Langening taʼkidlashicha, siyosiy rahbar yoʻq qilingan boʻlsa-da Islom Inqilobi Qoʻriqchilari Korpusi hali ham oʻz harakatlarini amalga oshirishga qodir.

Yana bir muammo hal qilingan emas. Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari topilmadi. Rasmiy Tehron egalik qilishi aytiladigan 400-460 kilogrammlik uran bir nechta atom bombalari uchun yetarli hisoblanadi. Ularning ustidan nazorat oʻrnatish uchun maxsus boʻlinmalarni yuborish imkoniyati muhokama qilingan. Biroq quruqlikdagi kuchlardan foydalanish amerikalik askarlar orasida yangi yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin. Bu esa Trampning mamlakat ichidagi zaif qoʻllab-quvvatlashiga yanada xavf tugʻdiradi.

Nima uchun Tramp urushdan chiqishni xohlaydi?

Trampning urushni tugashi haqidagi soʻzlari ichki siyosiy sabablarga koʻra aytilgan. Kyoln universiteti professori Tomas Eager aytadiki, Tramp endi neft va benzinning yuqori narxini pasaytirishga harakat qiladi. AQSH prezidentining bayonotlarini bozorlarga signal sifatida tushunish kerak. Biroq neft va moliya sektorining tinchlanishiga Oq uyning ommaviy signallaridagi qarama-qarshiliklar toʻsqinlik qilmoqda. Trampning aytishicha, urush deyarli tugadi, lekin u qoʻshimcha ham qildi: biz hali yetarlicha gʻalaba qozona olmadik!

Eron bilan urush Amerika Qoʻshma Shtatlari tarixidagi eng mashhur boʻlmagan urushlardan biri boʻlib qolmoqda: New York Times gazetasiga koʻra, amerikaliklarning atigi 41 foizi Yaqin Sharq operatsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. “Jamoatchilik bunga tayyorlanmagan va urush uchun aniq asos yoʻq”, — deydi amerikalik siyosatshunos Skott Erb BILD bilan suhbatda. Erbning soʻzlariga koʻra, Tramp Eron rahbariyatining boshini olgandan soʻng tizim tezda buzilib ketishiga ishongan.

AQSH prezidenti oʻzi kutmagan qiyinchiliklarga duch kelgan va bu vaziyatdan katta ichki siyosiy yoʻqotishlarsiz chiqib ketishni xohlaydi. Tomas Eager Tramp oʻzining chalkash chiqishlari bilan urushni tugatish yoki davom ettirish uchun ochiq eshik qoldirganini aytadi.

Gerbert Bauernebel hozirgi vaziyatdan kelib chiqib xulosa qiladi: uran yoʻqolgan, ammo yoʻq qilinmagan. Rejimga zarba berildi, ammo magʻlub boʻlmadi. Tramp Eron armiyasini zaiflashtirdi, ammo uni butunlay yoʻq qilmadi. Asosiy savol shuki, bu urush qanday tugaydi?

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?