Yerni noqonuniy yoʻllar bilan pullamoqchi boʻlgan fuqarolar qoʻlga olindi
Noqonuniy yer oldi-sotdisiga yoʻl qoʻymaslik uchun Samarqand va Namangan viloyatlarida tezkor tadbirlar oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.A. (muqaddam sudlangan) “Qoʻqimboy” massividagi 5 nafar fuqaroga ajratilgan jami 40 sotix yer maydonini ushbu fuqarolarning xabardorligisiz goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali “chorvachilik” yoʻnalishi uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga fuqaro M.B.dan 61 mln soʻm va 3 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir holat, Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Sh. fuqaro H.T.ning ishonchiga kirib, «Tinchlik« MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yer maydonini goʻyoki oʻziniki ekanligini va 125 mln soʻmga sotishini aytib, kelishilgan pullardan 100 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring