Eng koʻp yangi korxonalar Toshkentda tashkil etilgan

Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda joriy yilning ilk choragida eng koʻp korxona Toshkentda tashkil etildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Qoʻmita maʼlumotlarida qayd etilishicha, respublikamizda 2025-yilning yanvar iyun oylarida jami 43 305 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ushbu raqamlar yangi korxonalar tashkil etilishi darajasining oʻtgan yilgi koʻrsatkichlariga qaraganda 2,1 foizga oshganini koʻrsatmoqda. Yangi korxonalar sonining ortib borayotgani — iqtisodiy faollik oshayotgani, fuqarolarda tashabbus koʻpaygani va ishbilarmonlik muhiti yaxshilanayotganidan dalolat.
Statistika maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp korxonalar tashkil etilgan uch hudud 9 489 ta korxona bilan Toshkent shahri, 4 223 ta korxona bilan Toshkent viloyati va 3 848 ta yangidan tuzilgan korxona bilan Xorazm viloyati boʻlgan.
Shu bilan bir qatorda, Fargʻona viloyatida 3 690 ta, Samarqand viloyatida 3 196 ta, Qashqadaryo viloyatida 2 726 ta, Surxondaryo viloyatida 2 551 ta, Buxoro viloyatida 2 493 ta, Andijon viloyatida 2 258 ta, Namangan viloyatida 2 192 ta, Qoraqalpogʻistonda 1 995 ta, Jizzax viloyatida 1 872 ta, Navoiy viloyatida 1 720 ta, Sirdaryo viloyatida 1 052 ta yangi tadbirkorlik subyektlari ochildi.
Avvalroq 2025-yilning yanvar may oylarida 4,2 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring