Eng ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan “Oltin to‘p” Rodriga nasib qildi

Fransiyaning Parij shahrida 2024-yilgi “Oltin to‘p” sohibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, “Manchester Siti” futbolchisi Rodri 2024-yilgi “Oltin to‘p” sohibiga aylandi. Rodri o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” bilan birgalikda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Ispaniya termasi bilan Yevro g‘olibiga aylandi va ushbu turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Vinisius Junior (“Real”), Jud Bellingem (“Real”), Dani Karvaxal (“Real”), Erling Holand (“Manchester Siti”) va Kilian Mbappe (“PSJ” / “Real”) egallagan.
Aytish joiz, so‘nggi haftalarda “Real Madrid” a’zosi Vinisius Junior “Oltin to‘p” poygasida favorit bo‘lib kelayotgandi, biroq yakunda “shaharliklar” a’zosi unda g‘olib chiqdi. Shubhasiz, “Real Madrid” ovoz berish natijalaridan g‘azabda.
Qayd etilishicha, Madrid klubi delegatsiyasi norozilik belgisi sifatida marosimni butunlay boykot qilgan va jamoa a’zolarining hech biri Parijga bormagan.
Shuningdek, quyida mavsumning “eng-eng-eng”lari bilan tanishishingiz mumkin:
- “Barselona” a’zosi Aytana Bonmati ayollar o‘rtasidagi “Oltin to‘p”ga loyiq ko‘rildi.
- “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan “Kopa Trofi” sovrinini qo‘lga kiritdi.
- Madridning “Real” jamoasi yilning eng yaxshi klubi deb topildi.
- “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
- Jenifer Ermoso esa “Sokrates” nomidagi sovrin sohibiga aylandi.
- Argentina terma jamoasi va “Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines eng yaxshi darvozabonga beriladigan Lev Yashin sovriniga ega chiqdi.
- “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn hamda “Real” a’zosi Kilian Mbappega eng yaxshi to‘purarga beriladigan Gerd Myuller sovrini nasib etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring