Energiya sarfi savodxonligi yuzasidan xalqaro hamkorlik loyihalari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda “Energiya sarfi savodxonligi” mavzuidagi seminar-treninglarga start berildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda qayd etilganidek, yoshlarga energiyadan oqilona foydalanishni erta davrdan boshlab oʻrgatish gʻoyatda muhim va samarali. Bu jarayonda mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali istiqbolli loyihalarni tatbiq etish esa dolzarb ahamiyatga ega.
Treningda Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi xalqaro eksperti Yukinori Yanagida ham qatnashib, energiya sarfi savodxonligi yuzasidan xalqaro hamkorlik loyihalarining samaralari haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Maʼlumot oʻrnida: 2024-yili sinov tariqasida 10 ta maktabda “Ene-Kids.uz” dasturi joriy etilgan. Unda 380 nafar oʻquvchi va ularning 1626 nafar oila aʼzolari loyihada ishtirok etishdi. Natijada, haftasiga 1,86 MWh elektr energiyasi va 113 kub metr suv tejaldi.
Hisob-kitoblarga koʻra, mazkur loyiha 5 — 11-sinf oʻquvchilariga joriy etilganda, bir haftada Oʻzbekistondagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri “Tallimarjon” issiqlik elektr stansiyasining 20 soatda ishlab chiqargan elektr energiyasi va 1800 ta olimpiada basseynlarini toʻldirishga yetadigan suv tejab qolinishi mumkin.
Seminar-treninglar Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida 3 kun davomida boʻlib oʻtadi.
Shohsanam YO‘LDOSHEVA,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring