Endi “Tashabbusli byudjet”ga ovoz yigʻib yurish shart boʻlmaydi
Qonunchilik palatasida tashabbusli byudjet jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish uchun 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning 29-avgustda qabul qilingan “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 264-son qarorida keltirilgan.
Hujjatga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli saylov okruglarida gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayoti va hududni rivojlantirishga taʼsir qiladigan 2 ta loyihani (har mavsumda 1 tadan) “Ochiq byudjet” axborot portalida tanlaydi.
Mazkur tanlov loyihani respublika byudjetidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur jarayonlarda gʻolib boʻlmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga 1-yilda 2 mavsumga BHMning 8 ming baravari miqdorida mablagʻ har yilgi respublika byudjetida nazarda tutiladi.
2026-yil 1-fevraldan tashabbusli byudjet jarayonlarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi.
Tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilganda loyihalar gʻolib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring