Endi mashinasozlik tarmogʻini sanoat klasteri usulida rivojlantiramiz — Prezident

19:20 14 Fevral 2022 Siyosat
886 0

“Endi mashinasozlik tarmogʻini sanoat klasteri usulida rivojlantiramiz. Bunga uchun yetarli imkoniyat va salohiyatimiz bor”, dedi Prezident. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Avvalambor, ilm-fanga asoslanib, “injiniring – butlovchi qismlar – tayyor mahsulot – savdo va servis” yaxlit zanjirini yaratish kerak. Bunda:

— 8 ta yirik mashinasozlik korxonasi (yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilar);

— butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 300 dan ziyod korxona;

— moliya, logistika, ichki va tashqi bozorlardagi savdo va servis tarmogʻi;

— Turin politexnika va Andijon mashinasozlik institutlari faoliyatini qamrab olish zarur.

Buning natijasida Milliy mashinasozlik klasteri tashkil etiladi.

Ikki oy muddatda ushbu klasterni tashkil etish dasturini kiritish topshirildi.

Klasterga xorijiy investorlar va xususiy sektorni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

Bu borada 1-iyulga qadar «Oʻzavtosanoat»ning 3 ta korxonasini sotuvga chiqarishga koʻrsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?