Endi firibgarlar rasmiylashtirgan onlayn kreditlar fuqarolardan undirilmaydi

12:05 21 Yanvar 2026 Hujjatlar
550 0

Illyustrativ foto

Bugun, 21-yanvar kuni Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda frod holatlarining oldini olish boʻyicha minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3759).

Unga koʻra, kredit tashkiloti frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan fuqaroga, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb eʼtirof etilganda, mazkur onlayn kredit va u bilan bogʻliq foizlarni hisoblashni hamda undan undirishni toʻxtatadi.

Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratishda frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida undirishi mumkin. Kredit tashkiloti frod holatiga shubha qilganda qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda kredit tashkiloti onlayn kredit va u bilan bogʻliq foizlarni hisoblashni hamda undirishni davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер