Endi Daniya osmonida dronlar. 100 ga yaqin reyslar bekor qilindi

11:56 23 Sentyabr 2025 Dunyo
109 0

Arxiv foto

Daniya poytaxtidagi Kopengagen aeroportida 100 ga yaqin reyslar bekor qilindi va 30 dan ortigʻi boshqa aeroportlarga yoʻnaltirildi. Bunga mamlakat havo hududida uchuvchisiz uchoqlarning aniqlangani sabab boʻlgan. Bu haqda aeroportning ekspluatatsiya boʻyicha bosh direktori Kristoffer Plenge-Brandt maʼlum qildi.

“Flightradar24” platformasi dushanba kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida dronlar haqidagi xabarlar tufayli Kopengagen aeroportidagi barcha parvozlar va qoʻnishlar mahalliy vaqt bilan soat 20:26 dan boshlab toʻxtatilgani haqida xabar berdi.

“Kecha tunda Kopengagenga qoʻnishi kerak boʻlgan 31 samolyot, afsuski, boshqa aeroportlarga yoʻnaltirilishiga toʻgʻri keldi. Hammasi boʻlib, 100 ga yaqin reys bekor qilindi. Vaziyat taxminan 20 ming yoʻlovchiga taʼsir koʻrsatdi”, — dedi Plenge-Brandt.

“Reuters” agentligi Daniya politsiyasiga tayanib xabar berishicha, aeroport hududida dronlar aniqlangani taxmin qilinayotgani sababli aeroport yopilgan. Keyinroq aeroport oʻz ishini qayta boshlaganini eʼlon qildi.

Daniya huquq-tartibot idoralari seshanba kuni Kopengagen aeroporti yaqinida koʻrilgan, turli yoʻnalishlardan paydo boʻlgan dronlar ortida kim turgani haqida maʼlumotga ega emasligini bildirdi.

Oldinroq, Polsha va Ruminiya osmonida nomaʼlum dronlarning harakati aniqlangandi. Ushbu davlat mazkur hodisada Rossiyani ayblagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер