Endi AQSHdagi “trak”chilar ingliz tilini bilishi shart boʻladi
Illyustrativ foto
Donald Tramp yuk mashinalari haydovchilaridan ingliz tilini talab qiluvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati maʼlum qilgan.
“Ingliz tilini bilish professional haydovchilar uchun mutlaq xavfsizlik talabi boʻladi. Ular yoʻl belgilarini oʻqiy olishlari va tushunishlari, yoʻl harakati xavfsizligi, chegara patruli, qishloq xoʻjaligi nazorat-oʻtkazish punktlari va yuk ogʻirligini cheklash stansiyalari xodimlari bilan muloqot qila olishlari lozim. Haydovchilar oʻz ish beruvchilari va mijozlar bilan muloqot layoqatiga ega boʻlishlari va tegishli koʻrsatmalarni ingliz tilida olishlari shart. Bu sogʻlom fikr”, — deyiladi farmonda.
Farmonga asosan transport vaziri Shon Daffi ingliz tilini bilish imtihonlarini kuchaytirishi va tijoriy haydovchilik guvohnomasini tekshirish protokollarini koʻrib chiqishi lozim.
Tramp farmonida shu paytgacha ishlatilmagan va talab ham qilinmagan barcha haydovchilar inglizchada gaplashish va oʻqishni bilishlari shartligini nazarda tutuvchi federal qonun ilova qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring