Elektron tijorat sohasida kuryerlik faoliyatining aniq tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan “Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Hujjatga muvofiq, nizom 2025-yil 18-iyunda 3631-son bilan rasman qabul qilindi.
Nizomda elektron tijorat sohasida kuryerlik xizmatini amalga oshirishning huquqiy va amaliy tartiblari belgilab berilgan. Jumladan, kuryer — tadbirkorlik subyektlari yoki yetkazib berish xizmatlari operatorlari bilan mehnat shartnomasi va yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, kuryer sifatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham faoliyat yuritishi mumkin.
Nizomga koʻra, shartnomada belgilangan hollarda, yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar xaridorlardan tovar va yetkazib berish xizmati uchun toʻlovlarni qabul qilish huquqiga ega boʻladi. Bunda nazorat-kassa texnikasidan foydalanish va xaridorga elektron yoki qogʻoz shaklida chek yoki kvitansiya taqdim etilishi majburiy hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda alohida talablar qoʻyilgan. Xususan, transport vositalari va termokonteynerlar doimiy ravishda toza va soz holatda saqlanishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Shuningdek, nizomda kuryerlarga qator taqiqlar ham belgilandi. Jumladan, kuryer tovarning qadogʻini oʻzboshimchalik bilan ochishi mumkin emas. Shuningdek, xaridorlarning shaxsiy maʼlumotlari yoki yetkazib berilayotgan tovar haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish mutlaqo man etiladi.
Mazkur nizom elektron tijorat sohasini tartibga solish, kuryerlik xizmatini shaffof va qonuniy asosda tashkil etish hamda xaridorlarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring