Elektron xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar Oʻzbekistonga qancha soliq toʻlagan?
2024-yilda Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya jami 115,8 milliard soʻm soliq toʻladi. Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 1,5 barobarga koʻp.
Soliqlarning 99,9 foizi onlayn xizmat taqdim etuvchi yirik 10 ta xorijiy kompaniyaning hissasiga toʻgʻri keladi. Bulardan eng koʻp toʻlov amalga oshirganlar “Meta” (41,7 mlrd), “Google” (29 mlrd) va “Apple” (27,3 mlrd) boʻlib qolmoqda.
Ulardan keyingi oʻrinlar quyida keltirilgan:
“Amazon” – 4,1 milliard soʻm;
“Booking.com” – 3,6 milliard soʻm;
“Netflix” – 1,4 milliard soʻm;
“Zoom” – 1,4 milliard soʻm;
“Acca” – 1,2 milliard soʻm;
“Xsolla” – 966,7 million soʻm.
Eʼtiborlisi shunda-ki, mamlakatda bloklanganiga qamay, “TikTok” ham 903 million soʻm soliq toʻlovini amalga oshirdi. U 2021-yilning iyul oyida “Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunni buzgan deb topilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring