Elektron yoʻllanma asosida davolashga byudjetdan 1,1 trln soʻm ajratilmoqda
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hududlarda yuqori texnologik operatsiyalarni oʻtkazish imkoniyati boʻlsada, bemorlar hali ham Toshkentga kelayotgani qayd etildi. Misol uchun, oʻtgan yili yurak ishemik kasalligi bor bemorlarga koʻrsatilgan koronarografiya va stentlash amaliyotining 80 foizi Toshkentda bajarilgan.
Jarrohlik amaliyoti talab qilmaydigan yurak ishemik kasalligi bor bemorlarni ham poytaxtga kelishi kamaymagan.
Eski “order” tizimidan voz kechilib, imtiyozli toifadagi shaxslarni “elektron yoʻllanma” orqali davolashga oʻtilganiga ikki yil boʻldi.
Lekin respublika markazlarining birortasi bemorlarning viloyat yoki tumanda qolib davolanishidan manfaatdor emasligi tanqid qilindi. Sabab – mablagʻning asosiy qismi haligacha respublika markazlariga ajratilmoqda.
Shu munosabat bilan respublika markazlarida byudjet hisobidan faqat yuqori texnologiyali murakkab amaliyotlar oʻtkazilishi belgilandi. Tuman va viloyatda bemalol qilish mumkin boʻlgan amaliyotlar uchun respublika markazlariga yoʻllanma berilmaydi.
Mutasaddilarga respublika, viloyat, tumanga yoʻllanma beriladigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash topshirildi.
Bu yil elektron yoʻllanma asosida davolashga byudjetdan 1,1 trillion soʻm ajratilmoqda.
Mutasaddilarga hududlarga ajratiladigan mablagʻlar ulushini 14 foizdan 30 foizgacha oshirish topshirildi. Oʻtgan yili hududlarga 100 milliard soʻm berilgan boʻlsa, bu yil ushbu mablagʻ 350 milliard soʻm boʻladi.
Elektron yoʻllanma berish va taqsimlash tizimi ham tubdan oʻzgaradi. Yoʻllanmaga kiritilgan kasalliklarni davolash xizmatlariga yagona bazaviy narx tasdiqlanadi. Endilikda bemorga respublika darajasida davolanish uchun berilgan yoʻllanma yagona elektron platformaga joylashtiriladi.
Platformada respublika markazi, boshqa viloyatdagi davlat va xususiy klinikalar ishtirok etadi. Yaʼni, yoʻllanma uchun tanlov boʻlib, shifoxonalar bemorni qachon qabul qilishi, qanday davolashi, kerak boʻlsa, shifokorini hududga yuborib, muolajani oʻsha yerda qilishi boʻyicha eng maqbul taklifini beradi. Ushbu takliflar asosida bemor oʻziga eng qulay shifoxonani tanlaydi.
“Shunda respublika markazlari va hududiy shifoxonalar oʻrtasida erkin raqobat boʻladi”, dedi Prezident.
Umuman, tibbiy sugʻurta tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring