Elektr taʼminotidagi istiqbolli loyihalar

14:19 21 Yanvar 2026 Jamiyat
219 0

Andijon viloyatida 2025-2026-yillarda 500 million AQSH dollariga teng loyihalar asosida quvvati 200 MVt boʻlgan 763 ta kichik va mikro gidroelektr stansiyalarini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan boʻlib, bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbuslar hududlarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Izboskan tumanining “Beshterak” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Fargʻona” kanali ustida umumiy qiymati 6 million AQSH dollariga teng mini gidroelektr stansiya barpo etilmoqda.

- Qurilish ishlari mahalliy va xitoylik mutaxassislar ishtirokida olib borilmoqda, — deydi Izboskan tumani hokimining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Dilshodbek Gʻoziyev. — Mazkur GESning quvvati 3 megavattni tashkil etadi va uni joriy yilning 2-choragida ishga tushirish koʻzda tutilgan. U foydalanishga topshirilgandan soʻng “Beshterak” hamda qoʻshni mahallalar aholisining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondiriladi.

Viloyatda bu kabi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud boʻlib, istiqbolli rejalar aholining ijtimoiy hayotini yaxshilashga koʻmaklashadi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?