Elektr ishlab chiqarish quvvatlari 2016-yildagi 59 milliard kilovatt-soatdan 85 milliard kilovatt-soatga yetdi

Iqtisodiyotimiz rivojlanishi, aholimiz koʻpayishi bilan xavfsiz va barqaror energiya resurslariga talab ortmoqda.
Oʻtgan sakkiz yilda isteʼmolchilar soni 25 foizga, yaʼni qoʻshimcha 1 million 600 mingtaga, isteʼmol hajmi esa 54 foizga yoki qoʻshimcha 25 milliard kilovatt-soatga oshdi.
Shuning uchun “yashil” energiya ulushini oshirish boʻyicha misli koʻrilmagan qadamlar qoʻyilgani taʼkidlandi.
Natijada elektr ishlab chiqarish quvvatlari 2016-yildagi 59 milliard kilovatt-soatdan 85 milliard kilovatt-soatga yetdi, kelasi yilda bu 97 milliard kilovatt-soatdan ziyodni tashkil etadi.
Shu yilning oʻzida 6,5 milliard kilovatt-soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi. Eng muhimi, jami generatsiya quvvatlarida “yashil” energiya ulushi 30 foizga yetdi.
2030-yilgacha yana 35 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya hisobidan “yashil” energiya ulushi 54 foizga olib chiqilishi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring