Elektr energiyasi zaxirasini yaratish mumkinmi?
Navoiy shahrining “Bunyodkor”, “Binokor”, “Tinchlik” MFYlarida aholi xonadonlari, kichik sanoat zonasi va erkin iqtisodiy zonasida yangi tashkil etilayotgan korxonalar uchun 9 MVt quvvat zaxirasi yaratildi.
Prezidentimizning mart oyida Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan majlis bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida 35/10 kVli “Gʻozgʻon” nimstansiyasidagi 2500 va 4000 kVA kuch transformatorlari quvvati 6300 kVAligiga almashtirilib, Gʻozgʻon shahrida tashkil etilayotgan investitsiya loyihalari uchun qoʻshimcha 4 MVt quvvat zaxirasi yaratildi.
Mazkur yangiliklar “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati oʻtkazgan matbuot anjumanida bayon etildi.
Anjumanda qayd etilganidek, viloyat hududidagi jami 11,698 kilometr 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlaridan joriy yilda 9,036 km. joriy, 1,128 km. mukammal taʼmirlandi. 75 dona 35-110 kVli nimstansiyadan esa 30 donasi joriy, 5 donasi mukammal taʼmirlangan. Bundan tashqari, Karmana, Navbahor, Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlaridagi yuklanish bilan ishlayotgan 27 ta transformator punktlari yuqori quvvatlisiga almashtirildi.
“Qish mavsumida aholi isteʼmolchilarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda favqulodda uzilishlarni zudlikda bartaraf etish maqsadida tuman va shahar elektr taʼminoti korxonalarida 30 dona har xil quvvatli transformatorlar zaxirasi yaratildi. Natijada tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish bilan bir qatorda, elektr uskunalarni 2019-2020-yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirish, elektr energiyasini hisobga olish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda”, — deydi “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ iqtisod va moliyaviy masalalar boʻyicha direktori Bobir Islomov.
Aytish kerakki, Prezidentimizning 2017 — 2021-yillar davrida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilashga oid qarorining shu yil rejasiga asosan 466,0 km. elektr uzatish tarmoqlari va 70 dona transformator punktini modernizatsiyalash hamda yangidan qurildi.
Temur ESHBOYEV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring