Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi
Illyustrativ foto
Hukumat qarori (850-son, 31.12.2025-y.) bilan “Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Nizomga koʻra, elektr energetikasi tizimi ishlashining quyidagi texnologik buzilishlari majburiy ravishda tekshirilishi va hisobga olinishi shart:
• elektr qurilmalarining ekspluatatsiya davrida, shuningdek, rejali taʼmirlash, profilaktika koʻrigi va sinovlar jarayonida aniqlangan shikastlanish holatlari;
• elektr qurilmalari va ularning elementlarini ishdan chiqargan, texnik (texnologik) holat parametrlarining ruxsat etilmagan darajada chetga chiqishi;
• isteʼmolchilarga elektr energiyasini qisman yoki toʻliq rejalashtirilmagan holda yetkazib berishning toʻxtatilishi.
Texnologik buzilish holatlari xususiyati va oqibatining ogʻirligiga qarab, avariyalar, I va II darajadagi ishdan chiqishlarga boʻlinadi. Texnologik buzilishlarning tekshiruvi ular aniqlangan zahoti boshlanib, 10 kun ichida yakunlanishi lozim.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, uzatuvchi va taqsimlovchi korxonada hamda unga tegishli elektr tarmoqlarida sodir boʻlgan barcha texnologik buzilishlar ushbu elektr energetikasi obyekti tomonidan hisobga olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring