Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Arxiv foto
Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.
Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli – ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi. Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili boʻlgan karbonat angidrid gazining global chiqindilarini kamaytirishga olib kelmaydi.
Yaʼni, koʻmir va neftdan elektr energiyasi ishlab chiqariladigan mamlakatlarda elektromobillar anʼanaviy avtomobillarga qaraganda koʻproq zararli boʻlishi mumkin.
Haqiqiy ekologik samaraga erishish uchun energiya tizimidagi qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 48 foizga yetishi kerak. Hozirda bu taxminan 30 foizni tashkil etadi.
“Bizning tahlilimiz shuni koʻrsatadiki, elektr transport vositalarining ekologik foydasi butunlay mamlakatning elektr energiyasi aralashmasiga bogʻliq”, — deydi tadqiqot hammuallifi Stiven Poletti.
Taʼkidlanishicha, tadqiqot ish hozirgi iqlim siyosatining samaradorligini shubha ostiga qoʻyadi va emissiyalarni kamaytirishga kompleks yondashuv zarurligini talab qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring