Eldor Yuldashevga xalqaro darajadagi akademik unvoni berildi
Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali direktori Eldor Yuldashevga Istanbul akademiyasining “Faxriy akademik” unvoni taqdim etildi.
Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati maʼlum qildi. Istanbul akademiyasi – 2010-yilda tashkil etilgan boʻlib, Turkiya Respublikasidagi birinchi va professional kinomaktab sanaladi.
Kinoakademiya hozirda “Qodir Xas” universiteti, Nyu-Yorkning Kolumbiya universiteti, Italiyaning Pegasu universiteti bilan hamkorlikda taʼlim jarayonlarini olib boradi. Uning bitiruvchilari Turkiyaning koʻzga koʻringan kinomutaxassislari boʻlib yetishgan.
Endilikda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali ham Istanbul akademiyasi bilan professional kadrlar yetishtirish boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring