Eldor Tulyakov — Oʻzimiz maʼqul koʻrgan nomzodga ovoz berishga chorlayman
Demokratik jamiyatda fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, fuqarolarning fikrlarini oʻrganish va ular bilan maslahatlashishga alohida eʼtibor qaratilib, islohotlar shu asosda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qonunlar qabul qilish va muhim tashabbuslarni ilgari surish jarayonlarida fuqarolarning faol ishtiroki yaqqol koʻzga tashlanmoqda.
Saylovlar esa xalqning davlat boshqaruvidagi ishtiroki taʼminlanadigan asosiy mexanizmlardan biridir. Saylov orqali fuqarolar oʻz fikrlarini erkin ifoda etish, konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Demokratiyaning asosiy talablaridan biri ham aynan saylovlardagi fuqarolar ishtiroki boʻlib, ular orqali mamlakatning kelajagini belgilaydigan shaxslarni tanlash imkoniyati tugʻiladi.
2024-yilgi saylovlar Oʻzbekiston uchun demokratik yutuqlarni mustahkamlash, siyosiy tizimni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlanishga yoʻnaltirilgan yangi qadamdir. Ushbu saylovlar mamlakatimizda demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlab, Oʻzbekistonning kelgusi taraqqiyotiga keng yoʻl ochishi kutilmoqda. Shu bois, barchamizni saylovlarda faol ishtirok etishga, oʻzimiz maʼqul koʻrgan nomzodga ovoz berishga chorlayman.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring