“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qildi

Illyustrativ foto
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qildi. Bu haqda jamgʻarmaning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
Tanlov Jamgʻarma Boshqaruv kengashining 2025-yil 3-iyundagi 1-sonli qaroriga asosan, yetakchi xorijiy universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish istagida boʻlgan nomzodlar uchun tashkil etilmoqda.
Tanlov doirasida jami 450 ta oʻrin ajratilgan boʻlib, shundan 130 tasi bakalavriat, 220 tasi magistratura va 100 tasi doktorantura bosqichi uchun moʻljallangan. Oʻrinlar STEM yoʻnalishlari, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi, geodeziya, yer munosabatlari), davlat boshqaruvi, tibbiyot va taʼlim sohalariga yoʻnaltiriladi.
Nomzodlar hujjatlarini El-yurt.uz onlayn platformasi orqali 2025-yil 3-iyundan 16-iyungacha topshirishlari mumkin. Ular ariza, xorijiy oliy taʼlim muassasasidan olingan qabul xati, diplom yoki attestat nusxasi, xorijiy til sertifikati, mehnat daftarchasi (mavjud boʻlsa) va motivatsion insho kabi hujjatlarni platformaga yuklashlari kerak boʻldi.
Tanlov jarayoni, baholash mezonlari hamda qoʻshimcha maʼlumotlar Jamgʻarmaning rasmiy sayti Eyuf.uz orqali muntazam eʼlon qilib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring