Eksklyuziv huquq berish tartibi belgilandi
28–fevral kuni “Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat tashkilotlariga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish, sotish yoxud sotib olish, shuningdek, yagona operatorlik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha berilgan mutlaq huquq eksklyuziv huquq sifatida tan olinadi.
Bunday huquq qonunchilik hujjatlari bilan istisno tariqasida berilgan ruxsat yoki umumiy tartibdan tashqari ravishda berilgan yakka tartibdagi litsenziya asosida taqdim etiladi. Tanlov (tender) asosida taqdim etilgan litsenziyalar eksklyuziv huquq hisoblanmaydi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-apreldan eksklyuziv huquq xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonunlar, Prezident farmoni va qarorlari bilan 3-yildan ortiq boʻlmagan muddatga konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, Oʻzbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash yoki tabiiy ofatlar, halokat va epidemiyalarning oldini olish, ularni bartaraf etish maqsadlar uchun beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring