Ekologik holatni yaxshilash maqsadida Yashil xayriya jamgʻarmasi tashkil etilmoqda
Yashil xayriya jamgʻarmasini tashkil etish 30-noyabrdagi hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlandi. Hujjat bilan, mazkur xayriya jamgʻarmasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda Ekologiya vazirligi huzurida tashkil etiladi.
2025-yilning 1-martidan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda xayriya toʻlovlarini “Yashil olam” va “Yashil toʻlov” elektron platformalari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Mablagʻlar jamgʻarmada saqlanib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aholi buyurtmanomalari asosida daraxt ekish hamda mamlakatda ekologik holatni yaxshilash ishlariga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, loyiha doirasida daraxt va buta koʻchatlarini xarid qilish, yer maydonlarini tayyorlash, sugʻorish tizimini joriy etish hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish moliyalashtiriladi.
Bundan tashqari, jamgʻarma mablagʻlari fuqarolar, maqsadli jamgʻarmalarning homiylik xayriyalari, “Yashil toʻlov” ustamalari, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar grantlari va boshqalar hisobidan shakllantiriladi.
Ekologiya vazirligiga ikki oy ichida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan mazkur platformalarni ishlab chiqish va ishga tushish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring