YXHT Urganchda yoshlar uchun mediasavodxonlik boʻyicha treninglar oʻtkazdi
Foto: «Xalq soʻzi»
Shu yilning 19-20-avgust kunlari Urganch shahrida “Yoshlar media savodxonligi – radikallashuv va terrorizmga qarshi kurashishda samarali vosita” mavzusida ikki kunlik trening oʻtkazildi.
Tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori loyihasining ijrochi hamkori boʻlgan Oʻzbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi koʻmagida tashkil etildi.
Treningda jurnalistlar, blogerlar va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Mashgʻulotlar notoʻgʻri maʼlumotlarni aniqlash koʻnikmalarini mustahkamlashga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga masʼuliyatli yondashuvni targʻib qilishga qaratilgan boʻlib, ishtirokchilar destruktiv kontentga qarshi kurashishda tanqidiy fikrlash, faktlarni tekshirish, shuningdek, raqamli vositalardan foydalanish va kiberxavfsizlikni taʼminlashning ahamiyatini muhokama qildilar. Amaliy sessiyalar davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.
YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori, elchi Antti Kartunen ochilish soʻzida raqamli davrda yoshlar oʻrtasida mediasavodxonlikning muhimligini taʼkidladi. “Mediasavodxonlikni rivojlantirish – bu nafaqat soxta yangiliklarni aniqlash qobiliyati, balki tanqidiy fikrlash va har qanday yoshda har qanday manbadan olingan maʼlumotlarga masʼuliyatli yondashuvni shakllantirishdir”, – dedi Antti Kartunen.
Shuningdek, u YXHTning terrorizm va radikallashuvga qarshi kurashish boʻyicha keng qamrovli yondashuvini va uning doirasida media savodxonlik profilaktika choralarining muhim elementi sifatida qaralishini taʼkidladi. Ushbu yondashuv inson huquqlarini hurmat qilish, qonun ustuvorligi tamoyillari va davlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi inklyuziv hamkorlikka asoslangan boʻlib, bular xabardor va ekstremistik gʻoyalarga qarshi tura oladigan yoshlarni tarbiyalashning asosiy elementlaridir.
Trening YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori tomonidan harbiy-siyosiy yoʻnalish doirasida terrorizmga qarshi kurashishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng qamrovli loyiha doirasida amalga oshirildi. Tadbir yoshlar uchun yanada xavfsiz va xabardor raqamli muhit yaratish maqsadida mamlakatning turli hududlarida oʻtkazilayotgan bir qator tashabbuslarning bir qismi boʻldi. Bunday treninglar Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida ham oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring