YXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi Toshkentga keldi
YXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan prezident saylovini ilk bor kuzatadi.
YXHT PA Oʻzbekistondagi prezident saylovini kuzatish uchun 21-oktyabr kuni Toshkentga keldi.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo 25 davlatdan 100 dan ortiq parlamentariylardan iborat delegatsiyaga nemis deputati Daniyel De Ridder va YXHT PAning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, Avstriya milliy kengashining Yevropa ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Reynxold Lopatka boshchilik qilmoqda.
Qayd etilishicha, YXHT Parlament Assambleyasi Tashkilotning avtonom institutlaridan biri boʻlib, 1990-yilda tuzilgan. YXHTga aʼzo 57 davlatdan 300 dan ortiq aʼzolardan iborat. PAning asosiy vazifasi YXHTning barcha jabhalarida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo muloqot oʻrnatish.
Tashrif davomida YXHT PA vakillari Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, siyosiy partiyalar, vazirlik va idoralar bilan uchrashishni, saylov uchastkalarining boʻlajak saylovga tayyorgarlik darajasi bilan tanishishni rejalashtirmoqda.
Taʼkidlash joizki, Oliy Majlis 1993-yil yanvaridan YXHT Parlament Assambleyasi aʼzosi. 2017-yildan boshlab ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Bu YXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasining Oʻzbekistondagi prezidentlik saylovini kuzatishda birinchi ishtiroki boʻlib, uning tarkibiga YXHTga aʼzo 25 davlatdan 120 dan ortiq parlamentariylar kiradi.
U ilk marta 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovini kuzatishda ishtirok etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring