Dunyoda birinchi boʻlib Rossiya Afgʻoniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Rossiya Afgʻoniston Islom Amirligini rasman tan oldi va Tolibon tomonidan joriy etilgan Afgʻoniston bayrogʻi Moskvadagi elchixona tepasiga osildi. Bu haqda “CNN” axborot agentligi xabar qildi.
Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovning aytishicha, Putin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taklifi bilan Afgʻoniston Islom Amirligini tan olishga qaror qilgan. Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida, Tolibon hukumatini rasmiy tan olish ikki davlat oʻrtasida samarali hamkorlikka turtki berishi aytildi.
Bundan tashqari, Rossiya Tolibonga mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va terrorizm hamda narkotik jinoyatlariga qarshi kurashda yordam berishni davom ettirmoqchi. Bu esa Afgʻoniston va uning qoʻshnilari uchun muhim ahamiyatga ega.
Taʼkidlash joiz, Rossiya 2021-yilda harakat Afgʻonistonda hukmronlik qila boshlaganidan keyin Tolibonning Afgʻonistondagi hokimiyatini rasman tan olgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. Oʻz navbatida, Afgʻonistonning Rossiyadagi yangi elchisi Gul Hasan ham vazifasini bajarishga kirishdi.
Maʼlumot uchun, Tolibon hozirgacha Xitoy va BAA bilan elchilar almashgan, Qatarda esa siyosiy vakolatxonasi bor. Lekin bu davlatlar uni rasmiy hukumat sifatida hali tan olmagan.
Avvalroq Afgʻoniston hukumati mamlakatda shaxmat sport turini rasman taqiqlagani va mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring