Dubayda joylashgan kompaniya “Oʻrikzor”dagi MCHJ ustidan shikoyat qildi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan, asosan parfyumeriya savdosi bilan shugʻullanuvchi “Naseem Al Hadaeq Parfumes” kompaniyasi “Oʻrikzor savdo majmuasi”da joylashgan “P.Sh” MCHJ ustidan Adliya vazirligiga shikoyat bildirgan. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur shirkatga tegishli “Lamsa”, “Bushra” hamda “Naseem” tovar belgilaridan noqonuniy foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotilayotganligi yuzasidan murojaat qilingan.
Murojaatga koʻra, oʻrganishlar olib borilganda Oʻrikzor savdo majmuasida faoliyat olib boruvchi “P.Sh” MCHJda tekshiruv oʻtkazildi. Natijada haqiqatdan ham “P.Sh” MCHJ tomonidan “Lamsa”, “Bushra” hamda “Naseem” belgilaridan foydalanilgan holda tayyorlangan kontrafakt kosmetika vositalari sotilayotganligi aniqlandi.
“Mazkur holat yuzasidan «P.Sh” MCHJga nisbatan Adliya vazirligining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma taʼsir chorasi qoʻllanilib, huquqbuzarga kontrafakt mahsulotlarni savdodan olib tashlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi», deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida, “Lamsa”, “Bushra” hamda “Naseem” tovar belgilari ostidagi asl mahsulotlar qadogʻidagi QR-kodni skanerlanganda ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatiladi, kontrafakt mahsulotda QR-kod ishlamaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring