Donnarumma Husanovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

10:38 13 Avgust 2025 Sport
185 0

Angliyaning “Manchester Siti” klubi Italiya terma jamoasi va Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi darvozaboni Janluiji Donnarummaning transferi boʻyicha muzokara olib bormoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning maʼlum qilishicha, “shaharliklar” 25 yoshli darvozabon uchun 30 million yevro taklif qilgan.

Biroq Donnarumma mazkur transfer masalasida oxirgi qarorni hali qaror qabul qilmagan. Shu bilan birga, PSJ darvozabonni sotishga tayyor ekani aytilmoqda, chunki u klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan.

Maʼlumot uchun, Janluiji Donnarumma 2021-yilning yozida “Milan” klubidan erkin agent sifatida PSJ safiga qoʻshilgan va klub bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер