“DXX kubogi” musobaqasi davom etmoqda

Foto: “Xalq soʻzi”
Xabaringiz bor, joriy yilning 18-avgust sanasidan Toshkent shahridagi “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida har yili Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “DXX kubogi” musobaqasi start oldi. Kecha, 20-avgust kuni turnirning guruh bosqichi oʻyinlari yakunlangan edi. Bugun mini-futbol boʻyicha chorak final oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Yigitlar oʻrtasidagi bahslarda Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona va Toshkent shahri jamoalari yarim finalga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda Qashqadaryo viloyati jamoasi Toshkent shahri bilan, Samarqand viloyati jamoasi esa Fargʻona jamoasi bilan final yoʻlida kurashadigan boʻldi.
Qizlar oʻrtasida kechgan bahslar ham murosasiz oʻtdi. Yarim finalga Toshkent shahri, Navoiy, Sirdaryo va Samarqand jamoalari yoʻl oldi. Endi final yoʻlida Toshkent shahri jamoasi Navoiy viloyati jamoasi bilan, Sirdaryo viloyati qizlari esa Samarqand viloyatidan tashrif buyurgan jamoa bilan kuch sinashadi.
Maʼlumot uchun, “DXX kubogi”ning mini-futbol musobaqalarida yarim final oʻyinlari 22-avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring