DXX Fargʻonada psixotrop moddalarning yirik partiyasini toʻxtatib qoldi
Koʻp miqdorda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar toʻxtatib qolindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Fargʻona viloyatida tezkor tadbir oʻtkazilgan
Jumladan, Qoʻqon shahrida harakatlanayotgan “Gentra” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, tezkor tadbir xodimlari ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur avtomobilda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi, 1994-yilda tugʻilgan shaxsga tegishli Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda qilingan 2 ming 797 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring