DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari Baxtiyor Mansurov vafot etdi
2025-yil 5-noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Baxtiyor Mansurov 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda DXX Chegara qoʻshinlari rasmiy kanalida xabar berildi.
Polkovnik Mansurov Baxtiyor Muminovich 1957-yil 27-fevralda Jizzax shahrida tugʻilgan. 40-yildan ortiq umrini Qurolli Kuchlarga bagʻishlab, 1979-yildan buyon Mudofaa vazirligi hamda Chegara qoʻshinlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat olib borgan.
Mansurov uzoq yillik xizmat faoliyati davomida koʻp marotaba mukofotlangan. Xususan, 2024-yilda Chegara qoʻshinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati va shaxsiy tarkibi Baxtiyor Muminovichning oila aʼzolari hamda yaqinlariga chuqur taʼziya bildirib, hamdardlik izhor qiladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring