DXX Afgʻonistondan kontrabanda qilingan narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi (+video)

Afgʻonistondan kontrabanda qilingan narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “Toshkent-Andijon” yoʻnalishida harakatlanayotgan Andijon shahrida yashovchi, 1988-yilda tugʻilgan fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli transport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” yoʻl patrul xizmati maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv davomida mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida yashovchi, 1971-yilda tugʻilgan Qirgʻiziston fuqarosining yonida 4 kg 897 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, Qirgʻiz Respublikasi fuqarosi ushbu moddani Buxoro tumanidagi dala maydonidagi xufiya joydan olgani aniqlanib, mazkur hudud koʻzdan kechirilganda, u yerda yana 45 kg 52 gr. “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, muqaddam uchinchi shaxslar tomonidan Afgʻonistondan kontrabanda yoʻli bilan Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan ushbu qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi Oʻzbekiston hududidan tranzit sifatida olib oʻtilishi kerak boʻlgani maʼlum boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring