Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi
Kollaj: “Xalq soʻzi”
Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni “Road 24” mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, “Road 24” mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.
Shuningdek, endilikda haydovchilardan “Safe Road YHXX” ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili haqidagi maʼlumotlarni bilib borishlari mumkinligi ham eslatib oʻtilgan.
“Hurmatli haydovchilar, “Road 24” mobil ilovasi bilan hamkorlik yakuniga yetganligi bois, qoʻl telefoningizdagi “Ap Store” yoki “Play market” orqali DYHXXning “Safe Road YHXX” ilovasini yuklab, roʻyxatdan oʻtib olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi YHXX axborot xizmati boshligʻi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring