Dehchaliklar quvonchiga nima sabab boʻldi?

“Dehcha” mahallasida joylashgan 39-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti salkam ellik yil muqaddam oʻz faoliyatini boshlagan edi. Oʻshanda bogʻchaga ilk bor qadam qoʻygan bolalar ulgʻayib, bugungi kunda 54-55 yoshni qoralab qoʻydi. Ammo bogʻcha binosi oʻsha-oʻshaligicha qoldi. Aniqrogʻi, taʼmirtalab ahvolga tushdi.
Buxoro tumanidagi mazkur muassasa uchun yangi binoning qurilishi shu boisdan ham dehchaliklar uchun quvonchli voqeaga aylandi. Axir, oʻz farzandining zamon talablari darajasidagi maskanda taʼlim-tarbiya olishini qaysi ota-ona istamaydi, deysiz?
— Yangi bino investitsiya dasturi doirasida 3,5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga barpo etildi, — deydi mazkur tashkilot mudirasi Soliha Latipova. — Endi 120 oʻrinli bu binoda mahallamiz bolalarining jismoniy va aqliy rivojlanishi, maktabga tayyor holda borishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yurtimizda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani nishonasi, albatta.
Mamlakatimizning barcha goʻshalarida kuzatilayotgani kabi keyingi yillarda Buxoro tumanida ham jajji oʻgʻil-qizlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Mulkchilikning turli shaklidagi bogʻchalar tashkil etilyapti. Ayni damda tuman boʻyicha 135 ta shunday muassasa faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 3-7 yoshdagi bolajonlarning 10 ming nafardan ziyodi qamrab olingan.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring