Davra suhbatida yangi tashabbus taqdim etildi

Andijon davlat universitetida Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklar, ularni bartaraf etish yoʻllari” mavzusi muhokama qilindi.
Tadbir davomida Andijon viloyatidagi har bir mahalla va maktabga magistr yoʻnalishida tahsil olayotgan talaba-psixologlar biriktirilishi belgilandi. Ularning asosiy vazifasi oilalardagi muammolarni barvaqt aniqlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, shu orqali ichki ishlar xodimlariga yaqindan koʻmaklashishdan iborat boʻladi.
Tajriba-sinov tarzida yoʻlga qoʻyilgan mazkur jarayon samarali ekani isbotlansa, kelgusida butun mamlakat miqyosida joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu esa oilalardagi barqarorlikni taʼminlash, yoshlar ongini toʻgʻri yoʻnaltirish va jamiyatda sogʻlom muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring