Davlatimiz rahbari yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishini taʼkidladi

Foto: president.uz
Yigʻilishda yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi taʼkidlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari oʻrganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi taʼkidlandi.
Bunda:
- yaxshi oʻqiyotgan, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol boʻlgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;
- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “oʻrta” toifaga kiritildi;
- davlatning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan hamda koʻmakka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli ogʻir” toifasiga alohida ajratib olindi.
Davlatimiz rahbari uchinchi toifaga batafsil toʻxtaldi.
116 ming nafar yoshlarning nogironligi boʻlsa, 30 mingtasida surunkali kasalliklar borligi, 32 ming nafar yoshlar profilaktika, 16 ming nafari probatsiya nazoratida, 9 ming nafari muntazam dars qoldirishini maʼlum qildi.
Har bir vazir, vazir oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan eʼtiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.
Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar asosiy eʼtiborini “oʻrta” toifaga kirgan 4,6 million yoshlar bilan ishlashga qaratishi lozimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring