Davlat mulkini “nol” qiymatda sotish amaliyoti bekor qilinadi
Foto: Qonunchilik palatasining matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun loyihasiga koʻra, davlat aktivlarini sotishda xorijiy tajribani hisobga olgan holda hamda mamlakatimizda bozor tamoyillariga asoslangan sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida davlat aktivlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyotidan voz kechilib, elektron ommaviy savdolarga chiqarish tartibi joriy qilinadi.
Shuningdek, xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini hamda davlat ishtirokidagi korxona va davlat muassasasini oʻzgartirishi koʻrsatilgan hollarda davlat mulkini garovga berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda davlat unitar korxonasi va davlat muassasasini xoʻjalik jamiyatiga oʻzgartirilayotganda baholashni oʻtkazmaslik nazarda tutiladi.
Qayd etish kerakki, qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring